СЕМИНАР-ТРЕНИНГ
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida qishki ta’til kunlari boshlandi.
Ana shu fursatdan foydalanib, professor-o‘qituvchilarning malakalarini yanada oshirish, ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik ta’lim texnologiyalarini qo‘llash maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Ilk seminarga Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogik universiteti ta’lim metodikasi kafedrasining professori p.f.n G.M.Anorqulova hamda o‘qituvchi M.K.Pirniyozova taklif etildi.
O‘quv mashg‘uotining maqsadi ta’limni texnologiyalashtirish asoslari bo‘yicha tassavurni va loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Muzyorar metodni qo‘llab tanishuvdan boshlangan seminar, qiziqarli va muhim ma’lumotlarga boy bo‘ldi.