FTTI kengashining navbatdagi majlisi o'tkazildi
Kengash avvalida institut rektori, kengash raisi A.F.Do‘stmatov jamoani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Farmatsevtika talim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish va ularni unvonlarga tavsiya qilish uchun ruxsat berilgani bilan tabrikladi va dotsentlik ilmiy unvoniga tavisya etilayotgan ilk nomzodni e’lon qildi. Institutning “Noorganik, fizik-kolloid kimyo kafedrasi” mudiri, kimyo fanlari nomzodi A.J.Do‘stmatova nomzodi ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullandi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.
O‘quv jarayonining borishi, kafedralarda o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi borasida kafedra mudirlari hisoboti tinglandi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar ilmiy jamiyati anjumaniga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, professor va o‘qituvchilarning ham pedagogik mahoratlarini oshirish borasida seminarlar tashkil etish, talabalarning qishki ta’tilga tayyorgarlik va uni mazmunli o‘tkazish rejalari tuzildi.
Kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilgach, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.F. Iskandarova Innovatsion rivojlanish Agentligi tashabbusi hamda Belgiya Ta’lim kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-25 noyabr kunlari Belgiyaning Brussel shahrida tashkil etilgan “Oliy ta’limda Bilimlarni tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratish Yevropa tajribasi asosida” mavzusidagi seminar treningdagi ishtiroki, jarayondan olgan taasurotlari, hamkorlik borasidagi takliflar haqida so‘zlab berdi.