Хитойлик ҳамкасбларимиз ташрифи
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “innotexnopark” binosida Хitoy universitetlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Ko‘rgazmaga Xitoyning 40 dan ortiq universitetlari rektor hamda prorektorlari, ma’sul xodimdar tashrif buyurgan.
🇨🇳 Asosiy maqsad Xitoyda oʻqish istagidagi yoshlarni XXR universitetlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Ushbu tadbirda Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 1-prorektori Sh.Z.Umarova, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.F.Iskandarova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor K. Q. Ismoilov, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi dotsenti v.b. Z.H.Abdujalilova, institutning xalqaro bo‘limi ma’sullari doktor Ravi, B.Tolibov, A.Saidov ham ishtirok etib, Xitoyning farmatsevtika hamda tibbiyotga ixtisoslashgan ta’lim maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘z navbatida FTTI haqida ham ma’lumot berishdi.
Xitoyning Shihezi universiteti hamda Kunming tibbiyot universiteti vakillari bizning institut bilan bevosita tanishish istagida ekanlarini bildirdi.
Mehmonlar institut o‘quv laboratoriyalari, simulyatsiya xonasi hamda farmatsiya-innovatsiya markazi laboratoriyalari bilan tanishtilar.
“Institutdagi sharoitlar, zamonaviy jihozlar bizda katta taasurot uyg‘otdi. Sizlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz,”-dedi Shihezi universiteti xalqaro qabul komissiyasi menejeri Na Ren.
Ushbu muloqtdan maqsad har ikki oliy ta’lim maskani o‘rtasida do‘stona aloqalarni shakllantirish, kelgusida talaba va magistrlar amaliyotini tashkil etish, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan iborat.
Uchrashuv so'ngida har ikki tomon esdalik sovg'alari taqdim etishdi.