NODIRAI DAVRONLAR
Oldin xabar berganimizdek, xotin-qizlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy yetakchilik qobiliyatini yuzaga chiqarish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirokini ta’minlash, qonun ijodkorligi faoliyatiga keng jalb etish maqsadida institut xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan o’tkazilayotgan “Nodirai davronlar” ko’rik- tanlovining birinchi bosqichiga start bergan edik.
Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan talaba qizlar keyingi shartlar bo’yicha o’zaro bellashishdi.
2-shart. “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” mavzusida qizlar yo’qolib borayotgan milliy qadriyatlarimiz haqida o’z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Bugungi kunda yo’qolib borayotgan milliy liboslarimiz, marosimlarimiz, o’zbekona urf-odatlarimiz haqida qizlar takliflar bildirishdi.
Tadbir so’ngida qizlarimiz tomonidan milliy laparlar, kelin salomlar, o’zbekona “alla” ijro etib berilgani barchaga birdek xush keldi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talaba qizlar institut ma’muriyati tomonidan rag’batlantirildi.
“Xotin-qizlar qo’mitasining boshlang’ich tashkiloti kotibi S.S Turayeva.