Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ma’muriyati institut talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan bugungi kunning bir qator dolzarb mavzulari yuzasidan davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda institutning yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbari K.Q.Ismoilov, xavfsizlik ishlari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.M.Obilov, dekan A.A.Nurmuhammedov, institut xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari V.B.Rasulova va yana bir qator mutaxassislar ishtirok etdi.
Institutning yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbari K.Q.Ismoilov talabalarni yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan yana bir bor tanishtirdi. Yong‘inning oldini olishga doir ehtiyot choralari haqida tushuntirdi.
Shundan so‘ng, xavfsizlik ishlari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.M.Obilov bugungi kunda giyohvandlikni yangicha ko‘rinishi paydo bo‘lgani. Psixotrop dorilar, ularni iste’mol qilish sababli kelib chiqayotgan yomon oqibatlar haqida to‘xtalib, mazkur dori vositalarining giyohvand moddalardek o‘ziga o‘rgatib qo‘yish xususiyati borlini uqtirib o‘tdi. Giyohvand moddalar va turli psixotrop vositalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, imon-e’tiqodiga xavf xatar solish bilan bir qatorda mustaqil mamlakatimiz rivojlanishi va taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
Dekan A.A.Nurmuhammedov yig‘ilganlarni yana bir bor talabalar turar joyining ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirdi. Ushbu qoidalarga amal qilmayotgan talabalarga qo‘llaniladigan choralarni eslatib o‘tdi.
O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar bilan murojaat qilishdi, o‘z fikr va mulohazalarini bildirishti.
“Bolaning begonasi bo‘lmaydi”, - deydi dono xalqimiz. FTTI da ta’lim olayotgan har bir talaba nafaqat ota-onasi uchun aziz, balkim u yurtimiz
kelajagini quruvchi mutaxassisdir. Shunday ekan, bugun ularning mukammal ta’lim olishlari bilan bir qatorda tarbiyalariga ham e’tibor qaratish muhim.
Bugungidek davra suhbatlari esa aynan shu maqsadda tashkil qilinmoqda.