MUZEYGA SAYYOHAT

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalarining Q.S. Zoirov nomidagi O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASh  muzeyiga sayohatlari davom etmoqda.

Davolash ishi yo‘nalishi 103-guruh talabalari Tibbiy biologiya kafedrasi dotsenti S.P.Narziqulova boshchiligida muzey eksponatlari bilan tanishtilar. 

Tibbiyot tarixidan hikoya qiluvchi materiallar, ko‘rgazmali qurollar, muzey xodimasi aytib o‘tgan ma’lumotlar talabalar bilimining yanada oshishiga ko‘mak bo‘ldi.