Eng katta boylik – aql-zakovat va ilm
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi pedagoglari tomonidan “Zakovat” intelektual o‘yini bo'lib o'tdi.
Talabalarning bilimlarini sinash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, dunyoqarashini yanada boyitishga qaratilgan ushbu o‘yinni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri K.Q. Ismoilov rahbarligida kafedraning yosh va tashabbuskor pedagogi J.K. Yusubov institutning 1-bosqich talabalari o‘rtasida tashkil etdi.