MUZEYGA SAYYOHAT
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 2-bosqich 2-guruh talabalari Tibbiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi N.B.Nazarova boshchiligida
Q.S. Zoirov nomidagi ЎЗБЕКИСТОН СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ muzeyiga sayohatga borishdi.
Talabalar muzeydagi tibbiyot rivojlanishiga oid materiallar, maketlar yordamida gigiena qoidalarining taqdimoti, infeksion kasalliklarning oldini olish qoidalariga doir eksponatlar bilan tanishdilar.
Muzeyning noyob eksponatlaridan biri - odamning anatomik tuzilishini aks ettirgan shishadan yasalgan odam manekeni bo‘lajak farmatsevtlar e’tiborini tortdi.
Shuningdek, Abu Ali ibn Sino yashab o‘tgan X-XI asrlardagi tibbiyot tarixiga oid manbalar, buyuk hakimga bag‘ishlangan memorial zaldagi tabibning koshinkor siymosi, 5 jildli «Tib qonunlari» asari, unda tasvirlangan jarrohlik asboblari talabalarda qiziqish uyg‘otdi.
Muzey xodimasi so‘zlab bergan ma’lumotlar talabalarning tibbiyot tarixi borasidagi bilimlarini oshirdi.