Ogohlik davr talabi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining qo‘shma qaroriga asosan talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etilmoqda.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ham 20 nafar ko‘ngilli talabalardan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi shakllantirildi.
2023 yil 7 noyabr kuni guruh a’zolari ishtirokida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati, vazifalari va majburiyatlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Talabalar bilan uchrashuvda Yunusobod tumani IIB xodimi Olimov Abbos va Milliy gvardiya xodimlari Yuldashev Ulug‘bek, Bekdullaev Shaxboz hamda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. K.K.Ismailov, rektor maslahatchisi Z.M.Obilov, institut dekani A.A.Nurmuhamedov ishtirok etdi.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga boshlayotgan ishlarida sergaklikni yo‘qotmaslikni va vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish shartligini ta’kidlashdi va a’zolik guvohnomalarini tantanali ravishda topshirishdi.
Albatta yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlashda tashkil etilayotgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati ham ahamiyatli bo‘ladi.