Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalarining kuchli mentor va spikerlar bilan "Mening startap loyiham" mavzusida bo'lib o'tgan semenar-treningdan videolavha.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining bilimga chanqoq, iqtidorli, millionlab g‘oyalar boshlarida charx urayotgan talabalarimiz  tanlovlarda ishtirok etish va g'olib bo'lish sirlaridan boxabar bo‘lish maqsadida  kuchli  mentor va spikerlar

✅ Yoshlar Akademiyasi direktori  A.A.Sobirxonov,  

✅ “Shuhrat” medali sohibasi, yosh olima, bir nechta loyihalar asoschisi B. Ortiyxo‘jayeva 

hamda  

✅OTFIV xuzuridagi  Inno Texnopark bosh direktor o‘rinbosari Nematzoda Firdavs bilan bo‘lib o‘tgan smenir- treningda ishtirok etishdi.

Davra suhbati tarzda tashkil etilgan ushbu treningda talabalar o‘zlari uchun ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 

Unda Nematzoda Firdavs startaplarni to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning taqdimotida ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar, umuman biron g‘oyani hayotga tatbiq qila olish uchun kerak bo‘ladigan barcha ma’lumotlarni bergan bo‘lsa, 

Yoshlar Akademiyasi direktori  Akbarxon Sobirxonov Yoshlar akademiyasini tashkil etishdan maqsad, ushbu tashkilot olib borayotgan faoliyat, akademiya tashkil etayotgan tanlovlar,  unga a’zo bo‘lish tartib-qoidalari bilan tanishtirdi.

Yosh olima Barnoxon Ortiyxo‘jayevaning chiqishi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Barnoxon tashkil etgan interaktiv o‘yin davra suhbatining yanada qizg‘in va samimiy ruhda o‘tishiga hissa qo‘shdi.