Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida mini-futbol bo‘yicha talabalar ligasining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Institutning Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashikloti yetakchisi Dilmurodov Ma'rufjon, Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori Mavlonov Mardon va boshqa koordinatorlar boshchiligida  tashkil etilgan ushbu musobaqa qizg‘in tus oldi. 

Liganing birinchi bosqichida har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlar o‘zaro bellashgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda har bir yo‘nalishning g‘olib guruhlari maydonga tushdi. 

G‘olib jamoa institutlar aro o‘tkaziladigan talabalar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.