Adiblar xiyobonida“Aleksandr Faynberg-buyuk ijodkor” nomli badiiy kecha tashkil etildi.
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutining bir guruh talabalari shoir haykali poyida yig'ilishdi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi rus tili fani katta o'qituvchisi D.A.Codiqova A.A.Faynberg ijodi haqida ma'lumot berdi.
Xususan, Oʻzbekiston xalq shoiri Faynberg qator sheriy to'plamlar muallifi ekanligi bilan bir qatorda mohir tarjimon ham.
U Navoiy gʻazallari, Erkin Voqidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon va boshqa oʻzbek shoirlarining sheʼr va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan.
Faynberg ssenariysi asosida „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida „Mening akam“, „Jazirama oftob tagida“, „Qandahorda toblanganlar“, „Tojikfilm“ kinostudiyasida esa „Jinoyatchi va oqlovchilar“ va boshqa filmlar suratga olingan. Faynberg ssenariysi asosida 20 ga yaqin multfilmlar yaratilgan.