TALABA QIZLAR BILAN OCHIQ-MULOQOT

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining  talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan institut dekani o‘rinbosari Nigora YUsupova, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Shoira Ibragimova hamda  psixolog-tarbiyachi Mo‘tabar Yormurodova ochiq-muloqot tashkil qilishdi. 

-Har bir kishi o‘zi yashab turgan joyini toza-ozoda saqlashga mas’ul hisoblanadi. CHunki, har birimiz o‘z yashab turgan maskanimizni toza tutsak,   sog‘lom hayot kechirishimiz uchun zamin yaratgan bo‘lamiz – deya dekan o‘rinbosari Nigora Yusupova qizlarga nafaqat o‘z xonalari, balki oshxona, yo‘laklarda ham  ozodalikni saqlash lozimligi haqida uqtirdi.

Talabalar turar joyidagi barcha shart-sharoitlar talabalar uchun ekanligi, ulardan unumli foydalanish  kerakligi haqida kadrlar bo‘limi boshlig‘i SHoira Ibragimova to‘xtalib o‘tdi. 

Shuningdek, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqishlari hamda mavjud muammolari yuzasidan fikr – mulohazalar bildirishdi.

Talabalar yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanligini bildirib, mana shunday imkoniyatlarga monand tarzda a’lo baholarga o‘qishga harakat qilishlarini, aytib o‘tishdi.