Ijara uylaridagi yoshlar – e’tibor markazida
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining bir guruh talabalari ijara uylarda istiqomat qiladi.
Kuni-kecha institut tyutori Arofat Abduraimova ana shu talabalarning ijara manzillariga borib, uylarning shart-sharoitlari bilan tanishdi, yaratilgan imkoniyatlar, muammo va kamchiliklar tahlil qilindi. Yong‘in xavfsizligi talablari, pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish qoidalari bilan talabalarni batafsil tanishtirib o‘tdi.