60910700 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)

Ta`lim yo`nalishi: 60910700 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)

Daraja: bakalavr

Ta`lim shakli: kunduzgi

Davomiyligi: 5

Shartnoma to`lovi: 29,000,000

Mamlakatimiz aholisiga farmatsevtik yordam ko‘rsatish, iste’molchilarning dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshka farmasevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va talablarini qondirish, turli mulkchilik shakllaridagi dorixonalarda farmasevtlar ishini tashkillashtirish zamonaviy farmasevtika tizimida muhim o‘rin tutadi.

Farmatsiya- bu dori vositalari haqidagi bilimlarning farmatsevtik va klinik jihatlarini birlashtirgan amaliy fan. Farmatsevt nafaqat qiziqarli, balki yuqori maoshli mutaxassislik hamdir.

Farmatsevtlar nafaqat yirik dorixonalar tarmog'iga, balki turli dori kompaniyalariga, shuningdek ularning distribyutorlariga ham kerak.

Farmatsevt nafaqat dori vositalarini sotish, balki turli xil malhamlar, tomchilar, aralashmalar va boshqalarni ham tayyorlay olishi kerak. Farmatsevt – ma’suliyatli, mashaqqatli va shu bilan bir qatorda jamiyat sog‘lig‘i uchun eng kerakli kasblardan biri.

Qanday fanlar o‘qitiladi:

Avvalo, farmatsevt kimyogardir. Shuning uchun mutaxassislik bo'yicha o'quv rejasi ko'plab kimyoviy fanlarni o'z ichiga oladi.

Masalan, umumiy kimyo, organik kimyo, toksikologik kimyo, farmatsevtika kimyosi.

Maxsus fanlar orasida biotexnologiya, klinik farmakologiya, tibbiyot va farmatsevtika marketingi, farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti, farmakognoziya, farmakologiya, farmatsevtika texnologiyasi, farmatsevtika informatikasi alohida ahamiyatga ega.

Ishga joylashish imkoniyatlari:

Mutaxassislik bitiruvchilari dorixonalarda, farmatsevtika korxonalarida, farmatsevtika ulgurji omborlarida (bazalarida), nazorat-tahlil laboratoriyalarida, dorixonalar filiallarida, dorixona punktlarida, farmatsevtika korxonalarida, vazirlik va idoralarning dorixonalari va tibbiyot muassasalari rahbarlari, sud-tibbiy ekspertiza byurosida, tibbiy asbob-uskunalarni sotish muassasalarida, giyohvand moddalarni nazorat qilish komissiyalarida va bojxona nazorati xizmatida faoliyat yurita oladilar.