2024/2025 o‘quv yilida hujjatlarni topshirish uchun quyidagi talablarni bajarish kerak
Onlayn quyidagi xujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tish:
- pasportning rangli nusxasi ,
- elektron rasm 3,5*4,5 sm (oxirgi 3 oyda olingan),
- litsey, kolledj diplomi yoki umumiy o‘rta ma’lumot attestati rangli nusxasi
Elektron dasturdagi barcha kataklarni diqqat bilan to‘ldirilishi hamda xujjatlar elektron dastur qabul qiladigan formatda bo‘lishi talab etiladi.
Offline xujjat topshirilganda, abiturient tomonidan yuqorida keltirilgan barcha xujjatlarning asl nusxalarini, rasmdan esa 4 ta taqdim etiladi. Hujjatlarni qabuli yakunlangandan so‘ng abiturient telefon raqamiga sms xabar yuboriladi. Talabalar safiga qabul qilish sinovlar tugaganidan keyin qabul kvotalari doirasida imtixon bo‘lib o‘tgan fanlaridan olingan test sinovlarining natijalari asosida yuqori balldan pastiga qarab abiturientlar ro‘yxati tuziladi. Institut tomonidan tasdiqlangan qabul kvotasi asosida o‘qish uchun shartnoma summasini to‘liq to‘lagan abiturientlar shartnoma asosida talabalar safiga qabul qilinadi. Kirish ballarini to‘play olmagan abiturientlar (Institut qabul kvotasiga kirmaganlar) Institut ma’muriyatiga oshirilgan shartnoma summasi asosida talabalar safiga qabul qilish uchun ariza berishlari mumkin.** Abiturientning institut ma’muriyatiga murojaati ijobiy hal bo‘lganidan so‘ng, minimal o‘tish balliga ega abiturientlar uchun oshirilgan shartnoma summasi miqdorida to‘lanadi.