FARMASEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTINING IMKONIYATLARI

Farmasevtika ta’lim va tadqiqot institutida Fizik-kimyoviy tahlil, Farmako-toksikologik taxlil, Mikrobiologik tahlil hamda Dori shakllari taxlili  laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi talablar asosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jixozlangan. Talabalarni zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali kerakli amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari yaratilgan.

Institut ta’lim jarayoniga fan va amaliyotni salohiyatli, shu jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etilishi hamda ularning ishtirokida tizimli xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi asosida talabalar farmasevtika sohasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga xam ega bo‘ladilar.

Institut talabalari amaliyotlarini akkreditatsiyalangan innovatsion markazlar, taxlil laboratoriyalari, hamda GXP amaliyotiga ega zamonaviy farmasevtik  korxonalar va dorixona muassasalarida o‘tashlari, ilm-fan-ishlab chiqarishni integratsiyasini ta’minlanishi orqali zarur bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.