Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida talabalarning xorijda amaliyot o'tashlari, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganishlari va xalqaro akademik muhitda bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bugungi kun — Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutining 1-bosqich talabalari uchun alohida hayajonli va unutilmas kun bo'ldi. Sababi, ular uchun yangi, mas'uliyatli va ilmiy faol hayotning boshlanishi sanaladigan — 2025/2026 o'quv yili aynan shu kunda boshlandi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining "Sanoat farmatsiyasi" yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Fayoza Abduxalimova ilk bor yosh tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan Innovatsion yozgi oromgohda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va o‘z ilmiy loyihasini taqdim etdi.

Joriy yilning 15 avgust kuni Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga Xitoyning Kunming tibbiyot universiteti (Kunming Medical University) rahbariyati tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut ma’muriyati iliq qarshi oldi hamda samimiy davra suhbati tashkil etildi.

2025 yilning 5-avgust kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ziyo Forum fondi hamkorligida tashkil etilgan "ZIYOLILAR. TALABA" loyihasida "Farmatsiya" yo'nalishi 4-bosqich talabasi SAMUQJONOVA SAODATXON 4000 dan ortiq nomzod orasidan saralangan 100 nafar iqtidorli talabalar safidan o'rin oldi.

Shu kuni bitiruvchilarimiz uchinchi bor magistrlik unvoniga sazovor bo'lishgan bo'lsa, bakalavriyat bosqichida ilk qaldirg'ochlarimiz uchirma bo'ldi.

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida ilk qaldirg'ochlarga diplom berish tantanasi "MAHALLA" telekanali "JOYIDA" informatsion dasturida yoritildi.

Shu munosabat bilan loyihalar taqdimotiga bag'ishlangan “Demo Day” o'tkazildi va unda g'oliblar nomi e'lon qilindi.

To'rt kun davom etgan ushbu bellashuvlar davomida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar o'z bilim va salohiyatlarini sinovdan o'tkazishdi.

2025 yilning 22 may kuni Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yiliga bag'ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta'lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi IV ilmiy anjumani bo'lib o'tdi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bugun Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan hamkorimiz “SPM COMMUNITY OF THE FUTURE” o'quv markazi bitiruvchilari uchun “OChIQ EShIKLAR KUNI” tashkil etildi.

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutiga Asfandiyorov nomidagi Qozog'iston milliy universiteti “Boshqaruvni tashkil etish, farmatsiya iqtisodiyoti va klinik farmatsiya” kafedrasi professor-o'qituvchilari tashrif buyurishdi. Ularni institut rahbariyati iliq qarshi oldi. O'quv ishlari bo'yicha prorektor Sh.Z. Umarova qabullarida hamkasblar bilan institut faoliyati, o'quv va ilmiy jarayonlar haqida suhbatlashildi. Shundan so'ng mehmonlarimiz professorlar